Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Visa elektron kartasi orqali 430 ming AQSh dollarini naqdlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “1news.uz”.
“Huquq” nashri bildirishicha, to‘rt kishidan iborat jinoiy guruh Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank filialidan 215 nafar shaxs nomiga Visa elektron kartasini rasmiylashtirgan. So‘ng mazkur kartalardagi valyuta xorijga olib chiqib naqdlashtirilgan va Toshkent qora bozorida sotilgan.
O‘z nomiga plastik kartochka ochishga rozilik bergan 215 nafar fuqaroga “himmatlari” uchun 100 ming so‘mdan mukofot ulashilgan. Jinoiy guruh a’zolari va ularga tayinlangan jazo ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yil 1-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro to‘lov kartalari orqali naqdsiz shaklda sotish mexanizmi joriy etilgan. Unga ko‘ra, har bir arizachiga 2000 AQSh dollari miqdorida cheklov belgilangan.
Izoh (0)