Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi o‘z amakisining uyidan 800 ming so‘m o‘g‘irlaganlikda ayblandi, deya xabar bermoqda “1news.uz” “Ogoh” gazetasiga tayanib.
1999-yilda tug‘ilgan yigitcha 2015-yil qishida sinfdoshi bilan amakisining uyiga kiradi va uyda faqat yangasi borligi va uy qarovsiz qolganini ko‘rib, yotoqxonadan 300 ming so‘m olib chiqadi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, qarindoshlari to‘yga ketganidan foydalanib, o‘quvchi to‘rt nafar o‘rtog‘i bilan amakisining uyiga kiradi va 500 ming so‘m o‘g‘irlab chiqadi.
Yigitning qarindoshlari to‘ydan kelib, uyga birov kirganini payqagach, darhol militsiyaga xabar beradi.
Natijada jinoyatni voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari amalga oshirgani, ularga esa uy egasining qarindoshi boshchilik qilgani aniqlandi.
Izoh (0)