Checheniston parlamenti raisi etib Magomed Daudov saylandi. Bu haqda Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi vaziyat bilan tanish manbaga asoslanib “Kommersant” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Daudov 2012-yil may oyidan buyon Checheniston hukumati va rahbari ma’muriyatining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Checheniston parlamenti spikeri bo‘lib kelgan Dukuvaxa Abduraxmanov uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)