Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Minsk kelishuvlari buziladigan bo‘lsa, AQShni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yanada kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Poroshenko bu haqda AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan, mazkur delegatsiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining Xelsinkidagi sessiyada ishtirok etmoqda.
“Rossiya ukrainaliklarni o‘ldirgani va Ukrainani okkupatsiya qilgani uchun munosib tovon to‘lashi kerak”, — dedi Poroshenko.
“Minsk kelishuvlari buzilishi ehtimolini hisobga olgan holda, bizga samarali va muvofiqlashgan reja kerak. Gap bunda sanksiyalarning yangi to‘lqini, yaxshi muvofiqlashgan harakatlar haqida bormoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)