AQShning Los-Anjeles shahri hududida yer qobig‘ining yorilgan joyi avval taxmin qilinganidan ancha chuqur ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Bu juda kuchli zilzilalarga olib kelishi mumkin.
Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti geolog olimi Jim Boulz tadqiqotlar chog‘ida Los-Anjeles hududidan o‘tuvchi 45 kilometrli Nyuport-Inglvud yorig‘idan geliy gazi ancha ko‘p sizib chiqayotganini aniqladi.
U geliy tarkibida o‘ziga xos aralashmalar borligini, bu esa Los-Anjeles hududida anomaliyalar kuzatilishidan darak berishini ta’kidladi.
Boulz yaqin 30 yil ichida Los-Anjelesda 7 magnitudali zilzila bo‘lishini bashorat qildi. Bungacha olimlar zilzila kuchi 4,7 magnituda bo‘lishini taxmin qilgan edi.
Izoh (0)