Xitoy o‘z hududida Rossiyadan sharqiy yo‘nalish bo‘yicha kelayotgan “Sibir kuchi” gaz quvurlari davomini qurishga kirishdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Chegaralararo gaz quvurini Rossiya hududida “Gazprom” loyihalashtirgan va qurgan bo‘lsa, Xitoyda bu bilan Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) shug‘ullanmoqda.
2014-yilda ushbu ikki kompaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, sharqiy yo‘nalish bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berish 2018-yilda boshlanishi mumkin.
Izoh (0)