ESPY 2015 mukofoti uchun yilning eng yaxshi xorijiy (Shimoliy Amerikadan bo‘lmagan) sportchisi yo‘nalishidagi nomzodlar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Sports.ru”.
Nomzodlar orasidan ikki fitbolchi o‘rin oldi, bular — “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” forvardi Lionel Messi.
Ularga tennischi Novak Jokovich, Formula-1 poygachisi Lyuis Xemilton va golfchi Lidiya Ko raqiblik qiladi.
G‘olib 15-iyul kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)