Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi yirik Volosskoye qishlog‘iga quyun yopirildi. Bu haqda Vesti.ru xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, diametri yuz metrga yaqin bo‘lgan quyun 15 daqiqaga yaqin davom etgan. Kuchli shamol odamlarni-da havoga ko‘tarib ketgani aytilmoqda. Bundan tashqari, quyun suvdagi baliqlarni ham uchirib yuborgan – odamlar havo tinchigidan so‘ng yo‘llardan baliq terishgan.
Rossiyaning g‘arbiy hududlarida bo‘lgani kabi, Ukrainaning aksariyat hududida ham kuchli yog‘ingarchilik, noqulay ob-havo sharoiti hukmronlik qilmoqda. Xususan, yakshanba kuni ham kuchli shamollar bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Izoh (0)