Armaniston prezidenti Serj Sargsyan hukumat “Armaniston elektr tarmoqlari” kompaniyasida tekshiruv tugaguncha elektr energiyasi tarifi oshirilishi tufayli yuzaga kelgan farqni to‘lab berishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Buning uchun mablag‘ mamlakat xavfsizligi uchun ko‘zda tutilgan buyudjetdan olinadi. Tekshiruv o‘tkazish zarurati to‘g‘risida Sargsyan 26-iyun kuni Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov bilan uchrashuv chog‘ida kelishib olgan.
Shu uchrashuvda Rossiya tomonida Armanistonga qurol-yarog‘ sotib olish uchun 200 million dollar ajratilishi va rossiyalik harbiy Valeriy Permyakovning ishi Armaniston tergov idoralariga topshirilishi e’lon qilingan.
Namoyishlar davomida hukumat elektr energiyasi tariflari oshishi to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqmasligini qat’iyan ma’lum qilgan. Hafta o‘rtasida hukumat ushbu qarorni saqlab qolib, kam ta’minlanganlarga yordam berishni taklif qilgan, biroq bu namoyishchilarni qoniqtirmagan.
Ularni 26-iyun kuni qabul qilingan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror ham qoniqtirmagan va o‘sha kuni Yerevanda eng yirik namoyish bo‘lib o‘tgan. Tariflardagi farqni hukumat to‘lab berishi haqidagi qarorni namoyishchilar g‘alaba sifatida qabul qilgan bo‘lsa ham, ular hali tarqalishni istamayapti .
Izoh (0)