2015-yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, elchi Yuriy Shterk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Elchi Yuriy Shterk YeI Tashqi ishlar bo‘yicha kengashi tomonidan 22-iyunda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun strategiyasi ko‘rib chiqilganligi va uning yakunlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)