O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”)ning ma’lum qilishicha, 26-28-iyun kunlari O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.
Mamlakatning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi +21...+26 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida 27-iyun kuni havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+21, kunduzi +34...+36 bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23, kunduzi +33...+38 bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25, kunduzi +34...+39 bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23, kunduzi +31...+36 bo‘ladi.
Izoh (0)