• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimov matbuot va OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: uza.uz

    Foto: uza.uz

    “Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye sohasi fidoyilarini, muhtaram faxriylarimiz, yurtimizdagi barcha mushtariylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishdan mamnunman”, — deya so‘z boshlagan davlat rahbari.

    “So‘nggi yillarda yurtimizda ommaviy axborot vositalari sohasida 10 ga yaqin qonun qabul qilinib, ko‘plab qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Bu haqda so‘z yuritar ekanmiz, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelayotganini ta’kidlashni xohlardim. Buning tasdig‘ini oxirgi 7 yilda soha rivoji uchun davlat byudjeti hisobidan kreditlar, ijtimoiy buyurtmalar va davlat grantlari shaklida qariyb 13 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining soni 3,6 karra ko‘payib, hozirgi vaqtda 1 ming 400 dan ortiqni tashkil etayotgani, ularning moddiy-texnik bazasi tubdan yaxshilangani bizning bu borada qanday katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganimizni ko‘rsatadi.

    Mamlakatimizda an’anaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, internet jurnalistikasi ham jadal rivojlanmoqda. Keyingi 5-yilning o‘zida veb-saytlarning soni 2 barobar ortib, 300 dan oshib ketgani mamlakatimiz milliy axborot makonining mazmuni va manzarasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.

    Bugungi kunda yurtimizda 66 ta telekanal, 34 ta radiokanal faoliyat ko‘rsatayotgani elektron media tarmoqlarning samarasi va salmog‘i ham tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

    Keyingi paytda amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz natijasida hozir O‘zbekiston aholisining 54 foizi raqamli televideniye imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Joriy yilning o‘zida mamlakatimiz bo‘yicha yana 84 ta yuqori quvvatga ega bo‘lgan teleuzatgich moslamalari o‘rnatiladi va shu tariqa barcha hududlarimizni 100 foiz raqamli televideniye bilan qamrab olishga erishamiz.

    Hozirgi vaqtda birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 520 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, yaqin o‘tmishda bu raqam bor-yo‘g‘i 24 soatga teng edi. Ayni paytda milliy teledasturlarimiz sun’iy yo‘ldosh orqali dunyoning yuzdan ortiq davlatlariga uzatilib, jahon jamoatchiligini O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy madaniyati, bugungi sermazmun hayoti bilan tanishtirishda katta rol o‘ynamoqda.

    Ta’kidlash joizki, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo‘lgan nodavlat ommaviy axborot vositalari ham hayotimizga chuqur kirib bormoqda. Yurtimizdagi bosma nashrlarning 60 foizga yaqini, teleradiokanallarning 67 foizi, internet nashrlarining esa 95 foizi davlatga qarashli bo‘lmagan ommaviy axborot vositalari ekani buning amaliy tasdig‘idir”, — deya ta’kidladi Islom Karimov.

    O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida matbuot va axborot sohasining kelajak istiqbollari haqida ham fikrlarini aytib o‘tdi.

    “Biz o‘z oldimizga dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishdek ulkan va sharafli vazifani qo‘ygan ekanmiz, mamlakatimizning jahon maydonidagi keskin raqobatga har tomonlama qodir bo‘lishini bunday yuksak marraga erishishning asosiy sharti va garovi sifatida ko‘ramiz. Shu ma’noda, milliy jurnalistikamiz xalqaro media makonida o‘zining munosib va mustahkam o‘rnini egallashi bugungi kunda eng dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

    Shu borada keyingi paytda bir qator rivojlangan davlatlar, dunyoda nom qozongan nufuzli mediakompaniyalardan malakali mutaxassis va jurnalistlar yurtimizga taklif qilinib, ular ishtirokida matbuot xodimlari uchun o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga loyiqdir. Bu tajribaning keng qo‘llanishi tufayli o‘tgan yilning o‘zida 650 dan ortiq matbuot xodimlarimiz o‘z malakasi va mahoratini oshirishga erishganini, shu bilan birga, ko‘plab o‘zbek jurnalistlari ham xorijiy davlatlarga borib, tajriba almashib kelganini qayd etish lozim”, — dedi Islom Karimov.

    “Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, adolat va ezgulik yo‘lida hamisha o‘zini ayamasdan mehnat qiladigan siz, aziz jurnalistlarni men doimo qo‘llab-quvvatlashga, har tomonlama yordam va ko‘mak berishga tayyor ekanimni, sizlarni o‘zimning eng yaqin hamfikr va maslakdoshlarim deb bilishimni yana bir bor izhor etmoqchiman.

    Aziz do‘stlar!

    Bugungi qutlug‘ ayyomda sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, ijodiy kamolot tilayman”.

    foydalanib, el-yurt manfaati, adolat va ezgulik yo‘lida hamisha o‘zini ayamasdan mehnat qiladigan siz, aziz jurnalistlarni men doimo qo‘llab-quvvatlashga, har tomonlama yordam va ko‘mak berishga tayyor ekanimni, sizlarni o‘zimning eng yaqin hamfikr va maslakdoshlarim deb bilishimni yana bir bor izhor etmoqchiman.

    Aziz do‘stlar!

    Bugungi qutlug‘ ayyomda sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, ijodiy kamolot tilayman”.

    27.06.2015, 10:25   Izoh (0)   7531
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Internetdan topilgan ish orqali buxorolik shaxs “O‘zbektelekom”ga 148 ming dollar zarar yetkazdi

    26.06.2015, 22:15

    Navoiyda xususiy korxona rahbari savdodan tushgan 7 mlrd so‘mga yaqin naqd pulni bankka topshirmagani aniqlandi

    26.06.2015, 21:04

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘adi

    26.06.2015, 18:11

    Toshkentda talonchilar kuch ishlatib, ayolning pullari va boshqa buyumlari bo‘lgan sumkasini olib qo‘ydi

    26.06.2015, 17:39

    Ohangaronda Nexia avtomobilini o‘g‘irlab ketgan ikki yigit qo‘lga olindi

    26.06.2015, 16:22

    Toshkentdagi bolalar bog‘chasi mudirasining poraxo‘rligi fosh qilindi

    26.06.2015, 14:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45

    Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:31

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Eron MI6 ning maxfiy axborotidan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanmoqchi

    Dunyo | 5 avgust, 22:30

    Superliga. “OKMK” mehmonda “Paxtakor”dan ustun keldi

    Sport | 5 avgust, 22:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.