O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti. Kecha, 26-iyun kuni Denis deyarli kurashsiz final chiptasini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Yarim final bahsida Denis kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqdi. Ammo birinchi setning to‘rtinchi geymi davom etayotgan bir pallada Bagdatis jarohat olib, oxir-oqibat kurashni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Shu tariqa, Denis Istomin ortiqcha qiyinchiliksiz finalga yo‘llanma oldi. E’tiborlisi, uchinchi geymdan keyin Markos 2:1 hisobida oldinda borayotgandi.
Endi bugun, 27-iyun kuni o‘tkaziladigan final uchrashuvida Istomin amerikalik Sem Kuerri bilan to‘qnash keladi.
Izoh (0)