27-iyun kuni Italiyaning Rim shahrida APB turnirining birinchi davrasidagi 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida birinchi musobaqalari bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “12news.uz”. Ushbu kecha doirasida ikkita jang o‘tkaziladi: o‘zbekistonlik Oybek Mamazulunov (reytingda 7-o‘rin) fransiyalik Mishel Serj (6-o‘rin) bilan, va rossiyalik Nikita Ivanov (5-o‘rin) jazoirlik Abdulxafid Benshabl (8-o‘rin) bilan kurashadi.
Nashr ta’kidlashicha, Oybek APB reyting musobaqasining so‘nggi jangida Mishel bilan uchrashgan va jangni boy bergan edi.
Ushbu matchlarda bokschilar APB reytingidagi o‘rinlar uchun jang qiladi. Olimpiada litsenziyalarini turnir jadvalida birinchi to‘rtta pog‘onani band etgan jangchilar qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)