Professional boksning super og‘ir vazn toifasi WBA yo‘nalishida “muntazam” jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevning fikricha, britaniyalik yosh bokschi Entoni Joshua vaqti kelib ukrainalik Vladimir Klichkoning o‘rnini egallaydi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
“Men Joshuaning 2012-yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada va undan keyingi janglarini ko‘rganman. U iste’dodli bokschi va agar bundan unumli foydalana olsa, yaqin kelajakda Vladimir Klichkoning o‘rnini egallaydi. Lekin buning uchun avval Klichko o‘z qo‘lqoplarini mixga ilishi kerak”, — dedi Ruslan Chagayev.
Izoh (0)