Jizzax shahrida bugun, 26 iyunda “So‘g‘diyona” futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan yangi stadion foydalanishga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2013-yilda qurilish ishlari boshlangan “So‘g‘diyona” sport majmuasi hozirgi vaqtda to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun ushbu majmuadagi yangi stadionda Oliy liga 14-tur doirasidagi “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 11 650 muxlisni sig‘dira oladi.
“So‘g‘diyona” sport majmuasining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston futbol federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magometov ishtirok etadi.
Izoh (0)