23-iyun kuni Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligida vazir A. Abduhakimov Yaponiyaning Chuo Sanyo Shinko assotsiatsiyasi rahbarlari Masaki Uno va Kazumi Maeda, shuningdek Towa Kawara Kenzai kompaniyasi prezidenti Noboru Shimazaki bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Vazirlik matbuot xizmati.
Unda tomonlar avvalroq O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) o‘rtasida imzolangan o‘zbekistonlik stajyorlarni Yaponiyada texnik tayyorlash dasturi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni to‘liq ko‘lamda amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.
Yaponiya vakillari eksperiment tartibida o‘ttizdan ortiq nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi va Yaponiyaga mehnat stajirovkasi uchun elektrotexnika mutaxassisligi bo‘yicha bir necha kishini tanlab oldi, ular 2015-yil oktabrida Yaponiyaga jo‘nab ketadi.
Izoh (0)