Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limiga 21 yoshli fuqaro murojaat qilib, tanishining uyida ikki nafar noma’lum shaxs kuch ishlatib uning iPhone rusumli qo‘l telefoni va 80 ming so‘m miqdoridagi pulini ochiqdan-ochiq tortib olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub 19 yoshli ayol va 27 yoshli erkak sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi.“Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)