Toshkent shahar Sergeli tumani IIB navbatchilik qismiga Olmazor tumanida yashovchi fuqarodan, uning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil noma’lum shaxslar tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi o‘z avtomashinasini “Sergeli” avtomobil bozori hududida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilgan.
Xabar berishlaricha, tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida istiqomat qiluvchi 48 yoshli ayol va 18 yoshli yigit qo‘lga olindi.
“Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)