Polsha O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Review.uz’ning xabar berishicha, tadbir O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tomonidan Lyublin viloyati ma’muriyati hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Polsha ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doira vakillari, shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan keng va qulay imkoniyatlar haqida batafsil axborot berildi.
Biznes-forumda Polsha tomoni O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga yuqori berib, O‘zbekistondagi hamkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Izoh (0)