Buyuk Britaniyaning The Guardian nashrida o‘rdak go‘shtidan tayyorlanadigan palov retsepti e’lon qilindi. Muallif Oliya Gerkules yozishicha, osh retseptini u buvisidan o‘rgangan.
Oliyaning asli sibirlik buvisi Birinchi jahon urushi yillarida non shahri deb nom chiqargan Toshkentga boradi va u yerda ko‘pgina taomlar retseptini o‘rganib oladi. Keyinchalik Ukrainaga ko‘chib ketgach ham, buvisi O‘zbekistonda o‘rgangan taomlarni pishirishni kanda qilmaydi, biroq ularni mahalliy sharoitga moslashtiradi.
Ayni paytda esa Oliya Londonda yashab, buvisidan o‘rgangan retseptni iloji boricha asliga yaqin qilib tayyorlaydi. Biroq oshda qo‘llaniladigan qo‘y yog‘i va qo‘y go‘shti o‘rniga o‘rdaknikidan foydalanadi.
Maqolada Oliya o‘rdak go‘shtli osh retseptini batafsil keltirib o‘tdi. U bilan birga iste’mol qilish uchun o‘zbek milliy salatlaridan biri — anor va turp salati haqida ham yozishni unutmadi.
Izoh (0)