Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida xotin-qiz tennischilar o‘rtasidagi turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat musobaqada bugun, 19-iyun kuni chorak final uchrashuvlari o‘tkazilyapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonlik Sabina Sharipova chorak final bahsida kortga chiqdi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sabina turnirning yettinchi raketkasi ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqdi va raqibasini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida taslim etdi.
Endi final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda Sabina Sharipova musobaqaning birinchi raketkasi Xiroko Kuvata bilan hisob-kitob qiladi. Bugun, 19-iyun kuni yaponiyalik tennischi chorak final bahsida hindistonlik Natasha Palxani 6:2, 6:1 hisobida yengdi.
Izoh (0)