JCh—2018 saralashi doirasida "H" guruhida ikkinchi tur o‘yinlari doirasida Filippin terma jamoasi safarda Yamanga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Yamandagi notinchlik tufayli o‘yin Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uchrashuvda gollarni 52-daqiqada Baxadoran va 74-daqiqada Ramsay kiritgan. Ushbu natijadan so‘ng Filippin terma jamoasi hisobidagi ochkolar oltitaga yetdi va KXDR bilan bir xil ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu guruhda joylashgan bo‘lib, 16-iyun kuni KXDRga mag‘lubiyatga uchradi va o‘z hisobiga birorta ham ochko yozib qo‘ya olmagan.
JCh—2018 saralashi. H guruhi, 2-tur
Yaman – Filippin 0:2 (0:0)Gollar: 0:1 – 52 Baxadoran, 0:2 – 74 Ramsay.Yaman: Ayash, Abdulvosi Al Matariy (Basuxai 87), Ahmad Al Xifiy, Al Hayot (Volid Al Xubaishiy 65, Al Xagiriy, Al Zubairiy, Motaz Qaid, Muhammad Boqshan, Muhammad Fuad, Al Sosiy, Al G‘abr (Fuad al Omaisiy)Filippin: Eterij Yungxasband, Lusena, Palla (Vilyanueva, 78), Baxadoran (Reyxelt, 70), Vudlend, Ott, Sato, Ramsay (Ingrgeso, 90), Patino, Shtoyble.Ogohlantirish: Al Zubairiy (90).
Izoh (0)