Ispaniyaning AS gazetasi o‘z o‘quvchilari orasida Madridning “Real” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi Krishtianu Ronalduga ishonishda davom etishi maqsadga qanchalik muvofiqligi masalasida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
So‘rovnomada ishtirok etgan 31 ming 474 ishtirokchining qariyb yarmi Portugaliya terma jamoasi a’zosini transferga qo‘yish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 49,96 foizi (15,72 mingdan ortig‘i) futbolchini sotish kerak deb hisoblasa, 50,04 foizi (15,74 mingdan ortig‘i) portugaliyalik hujumchining sotilishiga qarshi chiqdi.
Izoh (0)