Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) 2013-yilning 17-may kuni bo‘lib o‘tgan rossiyalik Denis Lebedev va panamalik Gilermo Jons o‘rtasidagi jang natijasini bekor qildi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘sha jangda Jons raqibini 11-raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Lekin Gilyermo jangdan keyingi doping-testdan o‘ta olmagan.
Natijada Jonsga texnik mag‘lubiyat yozildi.
Izoh (0)