Yevropa komissiyasi elektron kitoblarni yetkazib berish bo‘yicha Amazon onlayn-do‘koniga nisbatan aksilmonopol tergov ishini ochdi. Bu haqda Eurointegration.com.ua xabar bermoqda.
“Xususan, komissiya Amazon’ning noshirlar bilan imzolagan kelishuvlarining ma’lum bandlarini o‘rganib chiqadi. Ushbu bandlar noshirlarga Amazon’ning raqobatchilari tomonidan taklif qilinayotgan nisbatan foydali yoki muqobil takliflar haqida Amazon’ni xabardor qilish majburiyatini yuklaydi”, - deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Komissiya bunday talablar boshqa elektron kitob yetkazib beruvchilarning Amazon bilan raqobatga kirishishlarini murakkablashtiradi, deb hisoblamoqda. Komissiya elektron kitoblarni yetkazib berishga ixtisoslashgan turli shirkatlar o‘rtasidagi raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘rganib chiqadi.
Agar ayblovlar tasdiqlansa, bunday harakatlar Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunchiligi talablari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildiradi – YеI qonunchiligi bozordagi ustun mavqeni suiiste’mol qilishni taqiqlaydi.
Izoh (0)