Sotayotgan mahsulotlari ichidan jahondagi eng zaharli o‘rgimchak chiqqani sabab, Markaziy Angliyadagi supermarketlardan biri yopildi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Oilaviy xaridorlar bir bosh banan ichidan Braziliya ko‘chmanchi o‘rgimchagi tuxumlarini topib olgan, shundan so‘ng bu haqda politsiyaga xabar bergan. Politsiya Naniton shahridagi Aldi do‘konini yopgan va tuxum qo‘ygan o‘rgimchaklarni izlashga kirishgan.
Braziliya ko‘chmanchi o‘rgimchagi jahondagi eng zaharli o‘rgimchak sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan – uning 0,006 milligramm zahari kalamushni o‘ldirish uchun yetarlidir.
Izoh (0)