Maktab o‘quvchisi Instagram orqali Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga murojaat qilganidan so‘ng, Grozniy tumanining Dolinskiy shaharchasi rekord darajada qisqa muddat ichida rekonstruksiya qilindi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
O‘quvchi respublika rahbaridan shaharchaga kelib, ular qanday ahvolda yashayotganliklari bilan tanishishni so‘ragandi.Checheniston rahbari va hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, maxus tezkor shtab shaharchani qayta tiklashga kirishib, 50 kun ichida belgilangan ishlarni yakunlab bo‘lgan.
“RIA Novosti”ning qayd etishicha, shaharchada 47ta ko‘p xonadonli uy qayta tiklangan, yangi masjid, yo‘llar qurilgan, ko‘chalarni yoritish tizimi ta’mirdan chiqarilgan, maktab, bolalar bog‘chasi, kasalxona va sport zali qariyb qaytadan qurilgan.
Izoh (0)