Indoneziya sharqidagi Papua viloyatida 7-iyun, yakshanba kuni Rixter shkalasi bilan 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Korrespondent.net’ning xabar berishicha, sunami yuz berishi xavfi yo‘q.
Zilzila epitsentri Sarmi shahridan 45 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i esa Yangi Gvineya oroli sathidan atigi 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkin vayronagarchiliklar va hodisa qurbonlari haqida hozircha axborot yo‘q.
Ma’lumot uchun, Indoneziya “Tinch okeani olovli halqasi” (yirik tektonik yoriq)ning bir qismi hisoblanadi, shu sababli ham mazkur hududda muntazam zilzilalar ro‘y berishi odatiy hol.
Izoh (0)