Amerikalik olimlar odam ichagida uchinchi miyani topganligini ta’kidlamoqda, deb yozadi “Rosbalt.ru”. U oshqozon-ichak yo‘lining ishlashi va sog‘lom tarzda faoliyat yuritishi uchun javobgardir.
Topilma mualliflari ishonch bildirishicha, uchinchi miyani o‘rganishni davom ettirish zarur, u haqda hozircha juda kam narsa ma’lum.
Tadqiqot Kolumbiya universitetining yetakchi olimlari tomonidan olib borildi.
“Ichak miyasi”ning mavjudligi bungacha fanga noma’lum bo‘lgan. U butunlay mustaqil ravishda ishlab, oshqozon-ichak yo‘li ishini nazorat qiladi. Ichak bosh va orqa miya bilan aloqani yo‘qotganidan so‘ng ham ishlashda davom etishidan iborat fakt ham ushbu nazariyani tasdiqlaydi.
Ayni paytda olimlar “uchinchi miya”ning boshqa funksiyalari haqida bilib olish uchun turli tadqiqotlar o‘tkazmoqda.
Izoh (0)