Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Irvin Rouz 2-iyun, seshanba kuni 89 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” uning o‘g‘li Govardga tayanib.
Amerikalik olim Massachusets shtatidagi Dirfild shahrida o‘g‘li Frederikning uyida uyqusida vafot etdi.
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Rouzga 2004-yilda berilgan edi. U ushbu mukofotni hujayralarning himoya funksiyalari, shuningdek ularning oqsillarni aniqlash va qayta ishlash xususiyatlariga bog‘liq tadqiqotlari uchun o‘z hamkasblari bilan baham ko‘rgan edi.
Ushbu ilmiy izlanishlar natijalari saratonga qarshi kurashda yordam beruvchi qator dorilarni ishlab chiqish imkonini berdi.
Izoh (0)