Garvard universiteti olimlarining ma’lum qilishlaricha, shimpanze o‘ziga taom tayyorlash uchun yetarli darajada idrokka ega. Bu haqda Informing.ru xabar bermoqda.
Mutaxassislar olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, shimpanze gulxan yordamida o‘ziga taom tayyorlashni o‘rgandi.
Olimlarning qayd etishlaricha, jonivorlar taomni tayyorlash ustida ko‘p ham bosh qotirishmaydi, akincha, yegulik qo‘lga kiritilishi bilan uni paqqos tushirishadi.
Bu safar esa shimpanze maymunlari taomning tayyor bo‘lishini xotirjam kutishdi. O‘zlari tayyorlagan taomni tanovul qilganilaridan so‘ng esa xomidan pishgani yaxshi ekanligini his qilishdi.
Izoh (0)