KFC fast-fud restoranlari tarmog‘ining Xitoydagi sho‘’basi restoranlardagi taomlar geni o‘zgartirilgan, sakkiz oyoqli va olti qanotli tovuq go‘shtlaridan tayyorlanishi haqida axborot tarqatgan mahalliy nashrlar bilan sudlashadi. Bu haqda Informing.ru xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, mazkur axborot mahalliy ijtimoiy tarmoqlar va mikrobloglar orqali tarqatilgan.
KFC rahbariyati Xitoyning uchta media-kompaniyasi - Shanxi Weilukuang, Taiyuan Zero Point va Yingchenanzhi Success and Culture Communication’dan omma oldida uzr so‘rash va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun umumiy 4,5 million yuan (taxminan 735 ming dollar) tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, KFC Xitoydagi eng yirik restoranlar tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda butun mamlakat bo‘ylab 4,6 mingta KFC yemakxonalari mavjud.
Izoh (0)