Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi Chechenistonda politsiya boshlig‘i Najud Guchigov va Luiza Goylabiyevaning to‘yidan so‘ng, rossiyaliklarning ko‘pxotinlilikka munosabatini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi.
Natijalarga ko‘ra, rossiyaliklarning 87 foizi ko‘pnikohlilik ruslar uchun nomaqbul deb hisoblaydi. Atigi 8 foiz rossiyaliklar bunday imkoniyatni mumkin deb hisoblasa, 2 foizi zarur deb biladi.
Jamiyatshunoslar shuningdek, rossiyaliklarning Ramzan Qodirov “mingyillik to‘yi” deb atagan to‘yga munosabatini aniqladi: ushbu hodisadan rossiyaliklarning 32 foizi xabardor bo‘lgan bo‘lsa, 65 foizi bu haqda birinchi marta eshitib turganini aytgan.
Izoh (0)