Rossiya bozorlari izdan chiqishi, sanksiyalar va embargo tufayli Belarus iqtisodiyoti deyarli 3 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusga doimiy ravishda ko‘mak berib kelishini qayd etdi va tomonlar birgalikda ushbu vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirishga kelishib olganini aytdi. Bosh vazir Andrey Kobyakov bu boradagi ishlar qay yo‘sinda borayotgani haqida ma’lumot berdi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shu bilan birga, Lukashenko iqtisodiyotda ijobiy tomonga o‘zgarishlar kuzatilayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)