Regbi bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonga qarshi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Osiyoning uchinchi divizioni g‘olibi deb topildi hamda 2-divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qilmoqda.
O‘yinlar 27 va 30-may kunlari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yin 31:8 hisobida hindistonliklarning g‘alabasi bilan yakun topgandi, ikkinchi bellashuvda O‘zbekiston 32:15 hisobida raqibidan ustun keldi.
Osiyo chempionati 5 ta diviziondan tashkil topgan. Uchinchi bosqichning o‘zi Sharqiy, Janubi-Markaziy va G‘arbiy divizionlardan tashkil topgandi.
Janubi-Markaziy divizioni o‘yinlarida Hindiston, Pokiston va O‘zbekiston to‘qnash kelishi kerak edi. Pokiston musobaqalarda ishtirok eta olmaganligi tufayli Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita o‘yin o‘tkazishga kelishib olingandi.
Izoh (0)