O‘zbekiston U-18 terma jamoasi “Jar” stadionida BAAga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va unda kuchlar teng keldi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Gollarning har ikkisi ham ikkinchi bo‘lim oxirlarida kiritildi. Jasur Yaxshiboyev 80-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Feysal Matrush gol kiritib, durang natija qayd etilishini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun muqaddam ushbu terma jamoalar yana bir o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan va unda Jasur Abduraimov shogirdlari 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan edi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U-18 — BAA U-18 — 1:1 (0:0)Gollar: Jasur Yaxshiboyev (80) — Feysal Matrush (90).
Izoh (0)