Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Ispaniyaning “Barselona” yoki “Real” jamoalaridan biriga o‘tishi ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda, “Sport-Ekspress” nashriga asoslanib, Uff.uz xabar bermoqda.
“Ochig‘ini aytganda, ayni paytda “Real” yoki “Barselona”da o‘ynashga tayyor emasman. Ammo kuchli chempionatlarda o‘zimni sinab ko‘rish istagi bor. Umid qilamanki, bunga ulguraman”, - dedi o‘zbekistonlik futbolchi.
Shuningdek, Ahmedov 2011 yili Londonning “Arsenal” jamoasiga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi: “2011 yilda ular tomonidan qiziqish bo‘lgan, biroq ular men bilan aloqaga chiqqanida “Anji” bilan kelishib bo‘lgan edim. Agentim bilan muzokara olib borishdi, biroq kelisha olishmadi. Endi esa ular meni kuzatmay qo‘yishgan”.
Izoh (0)