Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda prezident huquqini kamaytirish evaziga hukumat va parlament rolini kuchaytirishni taklif qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Iqtisodiy o‘rta sinf o‘sib borgani sari, menimcha prezident vakolatini kamaytirib, hukumatga, parlamentga ko‘proq huquq berish kerak deb o‘ylayman”, — dedi Nazarboyev MDH mamlakatlari vazirlar mahkamasi raislari bilan uchrashuvda va bunday ishlar olib borilayotganini qo‘shib qo‘ydi.
“Agar biz davlatga xizmat qiluvchi, o‘qitilgan davlat apparatini yarata olsak, vaziyat o‘zgaradi deb o‘ylayman”, — deya gaplariga yakun yasadi Qozog‘iston prezidenti.
Izoh (0)