O‘zbekistonda Apple kompaniyasining “aqlli” soati byudjet versiyasi — Apple Watch Sport sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. U o‘zining ancha qimmat safdoshidan oddiyroq materiallardan yasalgani bilan farq qiladi. Texnik va dasturiy ta’minot jihatidan ular bir xildir.
Xususan, Sport modifikatsiyasi sayqallangan anodlangan alyuminiydan tayyorlangan, Apple Watch’da esa zanglamaydigan po‘lat qo‘llanilgan. Sport versiyasining displeyi mustahkam va toblangan Ion-X shishasi bilan qoplangan bo‘lsa, uning akasi yoqut shisha bilan himoyalangan.
Shuningdek, Apple Watch jilo berilgan po‘lat korpusga ega, Apple Watch Sport’da esa u shunchaki plastmassadan yasalgan.
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Apple Watch Sport (42 millimetrli versiyasi) 3,8 million so‘mdan sotilmoqda. Charm tasmali Apple Watch’ni esa 5,6 million so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)