Amerikalik neyrofiziolog va kibermuhandislar insonning xayol va istaklarini rasshifrovka qildi, deb xabar beradi “News.Liga.net”.
Olimlar miya qobig‘ining alohida boshqaruv markazida paydo bo‘ladigan xayol va istaklarni o‘qish orqali yuqori texnologiyali protez qo‘l-oyoqlarni boshqarishni o‘rgandi. Protez butkul falaj bo‘lgan odam ishtirokida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
“Siz qo‘llaringizni qimirlatayotganingizda, qaysi muskullarni ‘yoqish’ va harakatning o‘zini qanday amalga oshirish kerakligini o‘ylamaysiz. Siz qo‘l ko‘tarilishi kerakligi, uni uzatish lozimligi, chashkaga olib borish va boshqa narsalarni o‘ylamaysiz. Buning o‘rniga miyangizda oddiy istak paydo bo‘ladi – ‘men qo‘limga mana shu suvli chashkani olmoqchiman’. Biz o‘z tajribalarimizda bu istaklarning kodlarini ochdik”, — dedi tadqiqotchilardan biri.
https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=TfIJ4NqeCvs
Izoh (0)