Arxeologlar Keniyadagi Turkana ko‘li yaqinidan eng qadimgi tosh qurollarni topishdi. Topilgan qurollar tavsifiga bag‘ishlangan maqola Nature jurnalida e’lon qilingan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Topilgan tosh qurollarning yoshi taxminan 3,3 million yilga teng. Bungacha Tanzaniyadan topilgan va yoshi 2,7 million yilga teng deb hisoblangan olduvay qurollari eng qadimiy deb hisoblanardi. Yangi topilmadagi qurollar olduvay davrinikiga nisbatan yirik va qo‘pol qayta ishlangan.
Avvallari toshni aynan olduvay davrida yashagani taxmin qilinadigan Homo habilis – “ishbilarmon odam” qayta ishlashni boshlagan, deb taxmin qilinardi. Yangi topilma esa Homo nasabi paydo bo‘lishidan ancha ilgari zamonaviy insonning ajdodlari toshga ishlov berishni bilishganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)