Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi axborot xavfsizligining ba’zi masalalari haqida” farmon imzoladi, deya xabar bermoqda “RBK”. U Runetda internetning davlat segmentini yaratishni ko‘zda tutadi.
Hujjatda aytilishicha, ayni paytda Federal qo‘riqlov xizmati ixtiyorida bo‘lgan segment internetning Rossiya davlat segmentiga aylantirilishi kerak. U axborotlarni noqonuniy kuzatuvdan himoya qilish imkonini beruvchi shifrli aloqa tarmoqlari hisobidan yaratilishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, qator davlat organlari majburiy ravishda “asosiy” internetga ulanib, u yerga faqat davlat segmenti orqaligina ma’lumot joylashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)