XXI asrning o‘rtalariga borib, Saudiya Arabistoni elektr energiyasini olish uchun qazib olinuvchi yoqilg‘idan foydalanishni to‘xtatadi. The Financial Times’ning Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiyga asoslanib xabar berishicha, mamlakat 2040-yillarga borib quyosh va shamoldan energiya olishga to‘liq o‘tadi.
Al-Naimiyning fikricha, qirollik “quyosh energetikasi sohasida jahondagi yetakchi mamlakat”ga aylanadi va qazib olinadigan yoqilg‘ini emas, balki elektr energiyasini eksport qiluvchi mamlakatga aylanadi. O‘z navbatida, uning ogohlantirishicha, iqlimning keskin o‘zgarishidan qochish maqsadida qazib olinadigan yoqilg‘ini ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaratilgan chorlovlarni aytishga hali erta.
Saudiyalik vazirning qayd etishicha, jahonda 1 milliarddan ortiq aholi elektr ta’minotiga ega emas va qazib olinuvchi yoqilg‘iga nisbatan kuchli talab kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi. Ayni vaqtda, uning qo‘shimcha qilishicha, neft, ko‘mir va gaz yoqishning shunday yo‘llarini topish kerakki, bu holat haroratning global o‘sishiga sabab bo‘luvchi omillarga ta’sir qilmasin.
Saudiya Arabistoni bundan uch yil avval elektr energiyasini eksport qilish imkonini beradigna bir necha quyosh elektr stansiyalarini qurish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)