Yamandagi qurolli nizo natijasida 1037 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi va 2453 nafari yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Ushbu ma’lumotlar 26-martdan 20-maygacha bo‘lgan davrni qamrab oladi”, - dedi Sesil Puyi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni boshliq “arab koalitsiyasi” kuchlari 26-martdan buyon Yamandagi isyonchi-xusiylarning marralariga havodan zarba berib kelmoqda.
Saudiya Arabistonidan tashqari Bahrayn, Qatar, Kuvayt va BAA o‘rin olgan koalitsiya (ularga Misr, Iordaniya, Marokash va Sudan ko‘mak bermoqda) 12-18-may kunlari davomida havo zarbalarini besh kunga to‘xtatgan edi, biroq keyinroq mazkur bombardimonlar xusiylar to‘liq taslim bo‘lgach to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)