“Ekspo-2017” jahon ko‘rgazmasi uchun qurilgan inshootlar negizida Ostonada xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Bu haqda, “TASS”ning xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ma’lum qilgan.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, u bu haqdagi tegishli farmonni imzolab bo‘lgan. Qozog‘iston prezidenti Nazarboyevning qayd etishicha, markaz “ingliz huquqi” asosida ishlaydi va unda “imtiyozli soliq tartibi” amalda qiladi.
“Biz Dubay moliyaviy markazi bilan chuqur muzokaralar olib bordik, Qozog‘iston moliya markazi faoliyatidagi qonunchilik, iqtisodiyotni to‘liq ko‘chirish borasida kelishib oldik”, - dedi Qozog‘iston prezidenti.
U yangi markazni butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun moliyaviy xabga aylantirishga va’da berdi.
Izoh (0)