Koreya Respublikasi poytaxtida apellyatsiya sudi mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi — Korean Air kompaniyasi sobiq vitse-prezidenti Cho Xyon Ani muddatidan avval ozod qilish haqida qaror chiqardi, deya xabar bermoqda “TASS”. U avvalroq bir yillik qamoqqa mahkum etilgan edi.
Sud ushbu qarorini Cho Xyon A muqaddam sudlanmagani, shuningdek ikki nafar farzandini tarbiyalayotgani bilan izohladi. U muddatning besh oyini o‘tashga ulgurgan edi.
Nashrning eslatishicha, o‘tgan yilning 5-dekabrida o‘sha paytda Korean Air vitse-prezidenti lavozimini egallab turgan Cho Xyon A Nyu-York aeroportida unga kompaniya qoidalariga zid holda, yong‘oqni likopchaga solib emas, o‘rami bilan berishgani uchun janjal chiqargan edi. Natijada samolyotdan unga xizmat ko‘rsatgan styuardni tushirishgan, reysni esa kechiktirishgan edi. Shundan so‘ng Cho Xyon Aga nisbatan “avialayner bortida jamoat tartibiga rioya qilmaganlik” bo‘yicha tergov boshlangan edi.
Izoh (0)