Rossiya va Xitoy harbiylarining O‘rtayer dengizida birgalikda olib borgan o‘quv mashg‘uloti yakuniga yetdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Divnomorskoyeda Rossiya—Xitoy mashg‘ulotlari yakunlanganiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilmoqda. Marosimni Rossiya va Xitoy tomonidan mashg‘ulot rahbarlari olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Xitoy 11-may kuni Novorossiyskda harbiy dengiz mashg‘ulotlarini boshlagandi.
Izoh (0)