Global korporatsiyalar va xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar fikricha, AQSh prezidenti foydalanuvchilar ma’lumotlarini olishda huquq-tartibot organlariga qarshilik ko‘rsatishi kerak, deb yozadi “Mail.ru”. Bu fikrni 140 dan ortiq kompaniyalar, shuningdek hukumatning sobiq a’zolari yoqlab chiqdi va Oq uyga jo‘natilgan maktubga imzo qo‘ydi.
Ushbu qarama-qarshilikning bir tomoni, jumladan Google va Apple foydalanuvchilar axborotlarini himoya qilish majburiyati tarafdori bo‘lib chiqdi. Ular ma’lumotlarning shifrlanishi o‘rinli va zarur deb hisoblaydi.
Biroq huquq-tartibot organlari, xususan, FQB rahbari Jeyms Komi ta’kidlashicha, Apple iMessage kabi lahzali xabar almashish dasturlarida axborotning shifrlanishi jinoyatchilarga fosh bo‘lishdan qo‘rqmasdan turib, bir-biri bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi.
Kompaniyalar hukumatdan va shaxsan AQSh prezidentidan maktubga javob kutmoqda. Biroq Oq uy vaziyatga izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)