Turkiyaning Diyorbakir viloyatida 19 yoshli Mutlu Kaya televideniyedagi musiqali tanlovda ishtirok etishga rozilik bergani uchun boshidan yaralandi, deb xabar qiladi “Segodnya.ua”.
Mahalliy OAVlar bergan xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs Mutlu Kayaning hovlisiga kirgan va derazadan qizning boshiga o‘q uzgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ba’zi xabarlarga ko‘ra, yovuz niyatli kimsa qo‘lga tushgan va so‘roq uchun politsiya uchastkasiga keltirilgan. Uning shaxsi oshkor qilinmayapti.
Yosh xonanda musiqali tanlovda qatnashishni boshlaganidan keyin unga tahdid qilish boshlangan. Mutlu yashaydigan tuman aholisi ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni bo‘yicha konservativ qarashlari bilan boshqalardan farq qiladi.
Izoh (0)